Joriy yil mamlakatimizda ilk marotaba juda ham muhim va ahamiyatli voqeya – O‘zbek tili bayrami kuni nishonlanadi. Mazkur sana tasodifan tanlanmagan: 21 oktyabr’ – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni. 1989 yil aynan ushbu kunda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.
Milliy til tarixdir, u holda hech bir millatni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Til muloqot qilish uchun zarur, u o‘ziga xosligidan dalolat beradi, millatning ma’naviy salohiyatini belgilaydi. Aynan shu tilga xalq tarixi va davlat taraqqiyotining aksi bo‘lish huquqi beriladi. Bu haqda o‘zbek tilining keng imkoniyatlarini, uning boyligi, moslashuvchanligi va nafisligini namoyish etib, yuksak lirika namunalarini yaratgan Alisher Navoiy yozgan.
“JUMA ELEVATORI” AJ barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaydi. Ona tili xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, urf-odatlarni saqlaydi.