JUMA ELEVATORI

JAMIYAT HAQIDA

Jamiyat to‘liq nomi
“JUMA ELEVATORI” Aksiyadorlik jamiyati

Jamiyat joylashgan yeri
O‘zbekiston Respublikasi, 140133, Samarqand viloyati, Juma shahri, Fitrat ko‘chasi, 2-uy

Jamiyat tarixi
1995 yil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi «O‘zdonmaxsulot» Davlat Konsernini «O‘zdonmahsulot” Davlat aksiyadorlik Korporatsiyasiga qayta tuzish to‘g‘risida»gi PF-840-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 23 fevraldagi «Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 88-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash qo‘mitasining 1995 yil 27 apreldagi 123-k-PO-sonli qaroriga asosan “Juma elevatori” davlat korxonasi negizida “Juma elevatori» Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tashkil topildi.
2015 yil – “JUMA ELEVATORI” Aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Jamiyat faoliyatning maqsadi va sohasi (asosiy yo‘nalishlari)
Jamiyatning asosiy maqsadi umumho‘jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.
Jamiyat faoliyatining sohasi quyidagilardan iborat:

– bugdoyni tayyorlash va sotish;
– un ishlab chiqarish va sotish;
– arpani tayyorlash va sotish;
– omuxta yem ishlab chiqarish va sotish

Jamiyat Ustav fondi 826 814 000 so‘mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 1975 so‘m bo‘lgan 418 640 dona oddiy aksiyadorlar olgan aksiyalarga (joylashtirilgan aksiyalarga) bo‘lingan.

Tashkiliy tuzilmasi
Jamiyat yuqori boshkaruv organi –  jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi.
Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv organi (qonunchilik va jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni xal etish bundan mustasno) – jamiyat Kuzatuv kengashi.
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – ijroiya organi Boshqaruv Raisi
Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – jamiyat Taftishchi, Ichki audit xizmati va Korporativ maslahatchisi.
Jamiyatning qo‘yidagi shu’ba xo‘jalik jamiyatlari mavjud:
“ZARAFSHON ISSIQ NONLARI” MChJ 2017 yilda jamiyat tomonidan 100 foizi ulushi bilan tashkil etilgan. Qolipli non mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
“PASTDARG’OM BIO XIZMAT” MChJ 2018 yilda jamiyat tomonidan 100 foizi ulushi bilan tashkil etilgan. Bio mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Infratuzilma
Jamiyat yer maydoni 8,34 gektarni tashkil kiladi. Jamiyat xududida ma’muriy binosi, laboratoriya, 113 ming tonnalik don saqlash uchun elevatori va boshqa infratuzilmaviy ob’ektlar mavjud.