JUMA ELEVATORI

AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHINI O‘TKAZISH

                                                                                                              E ‘ L O N !

                                                             «Juma elevatori» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga

 « Juma elevatori » aksiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini 2022 yil 28-iyun kuni (xaftaning seshanba kuni) soat 14-00da Samarqand viloyati,Pastdarg’om tumani,Juma shahri, Fitrat  ko’chasi, 2-uy manzili bo’yicha joylashgan “Juma elevatori ” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosi majlislar zalida o’tkazilishi   haqida ma’lum qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev rahbarligida 2022 yil 11 may kuni o’tkazilgan yig’ilishi 40-son bayonining (16.05.2022 y № 02-RA 1-7554-son topshiriq) 9-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 maydagi 03/1-1180-son topshirig’ining 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida jamiyatda “Loyiha ofisi”ni tashkil etish yuzasidan navbatdan tashqari umumiy  yig’ilishi kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

                                                                                     Umumiy yig’ilish kun tartibi:

  1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash to’g’risida;
  2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini saylash to’g’risida;
  3. Jamiyatning ustav kapitalidagi “O’zdonmahsulot” AKning aktsiyalar paketini ommaviy savdolarga chiqarilishini tashkil etish bo’yicha “Loyiha ofisi”ni joriy etish va uning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi jamiyat boshqaruv raisi o’rinbosari lavozimini tashkil etish bo’yicha jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga tegishli o’zgartirish kiritish hamda tasdiqlash to’g’risida;
  4. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kiritilayotgan o’zgarishlardan kelib chiqib, korxona ichki normativ xujjatlariga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida.

* Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlarning ro’yxatini tuzish hamda  umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida xabarnoma olish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2022 yil 3-iyun kuni va navbatdan tashqari umumiy yig’ilishga qatnashish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2022 yil 22-iyun kuni belgilansin.

* Aksiyadorlarni ro’yxatga olish 2022 yil 28-iyun kuni soat 13 -00dan 14 -00ga qadar davom etadi.

* Yig’ilishga aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va ularning vakillari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnomalar bilan kelishlari so’raladi.

Murojaat uchun telefon: 0 (366) 465-15-27                   

Jamiyatning elektron pochta manzili: jumadon@mail.ru

Hurmatli aksiyadorlar, jamiyat aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risidagi axborot va boshqa ma’lumotlarni jamiyat aksiyadorlariga sifatli va tezkor ravishda yetkazilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq elektron pochta orqali amalga oshirilishini inobatga olib, Sizdan elektron pochta manzilingizni (Email.) taqdim etishingiz lozimligini ma’lum qilamiz.                        

                                                                                                                                                                                        Jamiyat kuzatuv kengashi