JUMA ELEVATORI

AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TAShQARI UMUMIY YIG‘ILIShINI O‘TKAZISh

«Juma elevatori» aksiyadorlik jamiyati (keyingi matnlarda jamiyat) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2019 yil 30 may kuni, soat 10-00da Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Juma shahri, Fitrat ko‘chasi, 2- uy manzili bo‘yicha joylashgan jamiyat ma’muriy binosi, majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining ishchi prezidumini saylash;
3. Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolarining yangi tarkibini saylash;

* Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxatini tuzish hamda navbatdan tashkari umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabarnoma olish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2019 yil 2 may kuni va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2019 yil 24 may kuni belgilansin.
*Aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (materiallar) bilan jamiyat binosida tanishib chiqishlari mumkin.
* Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2019 yil 30 may kuni soat 09 -00dan 10 -00ga qadar davom etadi.
*Yig‘ilishga aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va ularning vakillari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnomalar bilan kelishlari so‘raladi.
Murojaat uchun telefon: 0 (366) 465-15-27
Jamiyatning elektron pochta manzili: jumadon@mail.ru
Hurmatli aksiyadorlar, jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborot va boshqa ma’lumotlarni jamiyat aksiyadorlariga sifatli va tezkor ravishda yetkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq elektron pochta orqali amalga oshirilishini inobatga olib, Sizdan elektron pochta manzilingizni (Email.) taqdim etishingiz lozimligini ma’lum qilamiz.
Shuningdek amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan xolda, jamiyat aksiyadorlari reestridagi ma’lumotlar xatlov(inventarizasiya)dan o‘tkazilayotganligi munosabati bilan aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi pasporti va STIR (INN) nusxalari bilan jamiyat ma’muriy binosiga kelishlari so‘raladi.

Jamiyat kuzatuv kengashi