E ‘ L O N !
«Juma elevatori» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
« Juma elevatori » aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini 2024 yil 8-avgust kuni (xaftaning payshanba kuni) soat 14-00da Samarqand viloyati,Pastdarg’om tumani,Juma shahri, Fitrat ko’chasi, 2-uy manzili bo’yicha joylashgan “Juma elevatori ” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosi majlislar zalida o’tkazilishi haqida ma’lum qiladi.
Yig’ilish kun tartibi:
1.Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash to’g’risida;
2.Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini saylash to’g’risida;
3.Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari va taftish komissiyasi tarkibiga o’zgartirish kiritish;
4.Jamiyat boshqaruv raisini tayinlash;
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlarning ruyxatini tuzish hamda yig’ilish o’tkazilishi haqida xabarnoma olish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlarning reestrini shakillantirish sanasini 2024 yil 24 –iyul kuni va umumiy yig’ilishga qatnashish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlarning reestrini shakillantirish sanasi 2024 –yil 3-avgust kuni belgilandi.
Aksiyadorlaning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ko’rib chiqiladigan masalalar bo’yicha ma’lumot va materiallar bilan “ Juma elevatori” AJ da ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab yig’ilish o’tkaziladigan kunga qadar soat 11-00 dan 14-00 gacha tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:(66)465-15-27
Jamiyatning rasmiy veb-sayti:www.jumaelevatori.uz
Elektron pochta manzili: jumadon@mail.ru
Jamiyat kuzatuv kengashi