JUMA ELEVATORI

AKSIYADORLARNING YILLIK UMUMIY YIG‘ILISHINI O‘TKAZISH

                                      «Juma elevatori» aksiyadorlik jamiyati (keyingi matnlarda jamiyat) aksiyadorlarining 2018 yil yakuni bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishi 2019 yil 28 mart kuni, soat 10-00da Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Juma shahri, Fitrat ko‘chasi, 2- uy manzili bo‘yicha joylashgan jamiyat ma’muriy binosi, majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Jamiyat aksiyadorlarining 2018 yil yakuni bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
1. Jamiyat kuzatuv kengashining 2018 moliyaviy yil yakunlari va jamiyatni 2019 yilda rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitish va tasdiqlash.
2. Jamiyat boshqaruv raisining 2018 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari va jamiyatni
2019 yilda rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitish va tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2018 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini, buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotini hamda foyda va zararlar hisobini tasdiqlash.
4. Jamiyatning 2018 yil moliya-xo‘jalik faoliyatini milliy va halqaro tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari yuzasidan «JAVLON AUDIT SERVIS»MChJ auditorlik tashkiloti hisobotini eshitish va auditorlik xulosasini tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2018 yil moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan taftish komissiyasining hisobotini eshitish va taftish komissiyasi xulosasini tasdiqlash.
6. Jamiyaning 2018 yil yakuni bo‘yicha olingan 43855 ming so‘m sof foydasini taqsimlash.
7. Jamiyat 2019 yil faoliyati uchun kuzatuv kengash a’zolarini saylash.
8. Jamiyatning 2019 yil faoliyati uchun taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash.
9. Jamiyatning 2019 yil faoliyati uchun ijroiya organi rahbari va yangi a’zolarini saylash.
10. Jamiyatning 2018 yildagi moliyaviy xo‘jalik faoliyatida kuzatuv kengashi a’zolarining qo‘shgan hissalari bo‘yicha rag‘batlantirish.
11. Jamiyatning 2018 yildagi moliyaviy xo‘jalik faoliyatida jamiyat taftish komissiyasi a’zolarining qo‘shgan hissalari bo‘yicha rag‘batlantirish.
12. Jamiyatning 2018 yildagi moliyaviy xo‘jalik faoliyatida jamiyat ijroiya organi rahbari va a’zolarining qo‘shgan hissalari bo‘yicha rag‘batlantirish.
13. Jamiyatning 2019 yil uchun tuzilgan Biznes rejasini tasdiqlash.
14. Jamiyatning 2019 yil uchun tashqi auditorini tasdiqlash.
15. Jamiyat ijroiya organi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirishni tasdiqlash.
16. “Samarqand Vaqt” MChJ tomonidan 2018 yilda jamiyatning korporativ boshqaruv tizimi va moliyaviy faoliyatini baholash to‘g‘risidagi xulosasini kurib chikish;
17. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari va taftish komissiyalarini rag‘batlantirish tug‘risidagi “NIZOM”ni tasdiqlash.
18. Jamiyat ustavini qayta kurib chiqish va tasdiqlash;

* Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxatini tuzish hamda umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabarnoma olish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2019 yil 14 mart kuni va umumiy yig‘ilishga qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2019 yil 20 mart kuni belgilansin.


*Aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (materiallar) bilan jamiyat binosida tanishib chiqishlari mumkin.
* Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2019 yil 28 mart kuni soat 09 -00dan 10 -00ga qadar davom etadi.


*Yig‘ilishga aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va ularning vakillari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnomalar bilan kelishlari so‘raladi.

Murojaat uchun telefon: 0 (366) 465-15-27

Jamiyatning elektron pochta manzili: info@jumaelevatori.uz
Hurmatli aksiyadorlar, jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborot va boshqa ma’lumotlarni jamiyat aksiyadorlariga sifatli va tezkor ravishda yetkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq elektron pochta orqali amalga oshirilishini inobatga olib, Sizdan elektron pochta manzilingizni (Email.) taqdim etishingiz lozimligini ma’lum qilamiz.
Shuningdek amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan xolda, jamiyat aksiyadorlari reestridagi ma’lumotlar xatlov(inventarizasiya)dan o‘tkazilayotganligi munosabati bilan aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi pasporti va STIR (INN) nusxalari bilan jamiyat ma’muriy binosiga kelishlari so‘raladi.

Jamiyat kuzatuv kengashi