JUMA ELEVATORI

E ‘ L O N ! “JUMA ELEVATORI” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga

“Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig`ilishini 2021 yil 30 mart kuni (xaftaning seshanba kuni) soat  14-00 da Samarqand viloyati,Pastdarg`om tumani,Juma shaxri, Fitrat kuchasi, 2-uy manzili buyicha joylashgan manzil bo`yicha joylashgan “Juma elevatori ” aksiyadorlik jamiyati ma`muriy binosi majlislar zalida o`tkazilishi haqida ma`lum qildi.

Jamiyat aksiyadorlarinig 2020 yil yakuni bo`yicha yillik umumiy yig`ilishi kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilinadi: 

Umumiy yig`ilish kun tartibi:

1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining ishchi prezidumini saylash;
2. Aksiyadorlar umumiy yigilishining reglamentini tasdiklash va sanok komissiyasi a’zolarini saylash.
3. Jamiyat kuzatuv kengashining 2020 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash;
4. Jamiyatning 2020 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari va Biznes rejasining bajarilishi to‘g‘risida jamiyat ijro organi rahbarining hisobotini tasdiqlash.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prizenidentining 2019-yil PQ-4426-sonli qarori talablariga muvafiq 2020-yil yakuni buyicha boshqaruv raisining Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha direktorining 2020 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash;
6. Jamiyatning 2020 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti hamda foyda va zararlarini tasdiqlash;
7. Jamiyat Taftish komissiyasining 2020 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha tekshirish hisoboti va xulosasini tasdiqlash;
8. Jamiyatning 2020 yil moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha Tashqi auditorlik tashkiloti MCHJ “NEW GLOBAL PROFISSIONAL-AUDIT”ning xulosasi (MHXS, MHMS) hamda 2020 yil uchun SMK, SYK va ularning bajarilishi foizlarining hisoblangan miqdorini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat tashqi auditorining xulosasini eshitish va tasdiqlash;
9. 2020 yil yakuni bo‘yicha jamiyat foydasini taqsimlanishi, ustav fondidagi aksiyalarga hisoblanadigan dividend miqdorini belgilanishi va divident to‘lash muddatini tasdiqlash;
10. Jamiyat 2021 yil faoliyati uchun Kuzatuv kengashi a’zolarini qayta saylash va ularni moddiy rag‘batlantirish.
11. Jamiyatning 2021 yil faoliyati uchun Taftish komissiyasi a’zolarini qayta saylash va ularni moddiy rag‘batlantirish.
12. Jamiyatning 2021 yil uchun ijroiya organi raxbari va a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatini uzaytirish va ularni moddiy rag‘batlantirish.
13. Jamiyatda 2021 yil yakuni bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditor xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar taklifini ko‘rib chiqish hamda ularga to‘lanadigan xizmat haqi miqdorini belgilash;
14. Depozitariy “Samarqand vaqt” MChJ tomonidan 2020 yilda korporativ boshqaruv tizimini baholash xulosasini eshitish va tasdiqlash.
15. Korxonada xaridlar jarayoninig shaffofligi asosliligi shu jumladan,maxalliy maxsulotlarning sifat va narx buyicha belgilangan parametrlarga muvofiqliligini xisobga olgan xolda import xaridlarini shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashqi audit xulosasini tasdiqlash.
16. Davlat ruyxatidan chiqarilib,faoliyati tugatilgan yuridik shaxslarning kup yillardan buyon undirilmasdan kelayotgan umidsiz,muddati utgan debitor qarzdorliklarni yuridik shaxs tugatilganligi xaqida tegishli xujjatlarga asosan jamiyat balansidan chiqarish.

* Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxatini tuzish hamda umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabarnoma olish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2021 yil 2-mart kuni va umumiy yig‘ilishga qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2021 yil 23-mart kuni belgilansin.
* Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2021 yil 30-mart kuni soat 14 -00dan 16 -00ga qadar davom etadi.
* Yig‘ilishga aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va ularning vakillari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnomalar bilan kelishlari so‘raladi.
Murojaat uchun telefon: 0 (366) 465-15-27
Jamiyatning elektron pochta manzili: jumadon@mail.ru
Hurmatli aksiyadorlar, jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborot va boshqa ma’lumotlarni jamiyat aksiyadorlariga sifatli va tezkor ravishda yetkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq elektron pochta orqali amalga oshirilishini inobatga olib, Sizdan elektron pochta manzilingizni (Email.) taqdim etishingiz lozimligini ma’lum qilamiz.

Jamiyat kuzatuv kengashi