JUMA ELEVATORI

QIMMATLI QOG‘OZLAR CHIQARILISHI AMALGA OSHMAGAN DEB TOPILGANLIGI TO‘G‘RISIDA

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining 2017 yil 03 yanvardagi №05-11/AO-01-sonli qarori bilan, “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati 2015 yil 02 noyabrda N0083-8- raqam bilan davlat ro‘yxatga olingan nominal qiymati 1 975 so‘mdan bo‘lgan 105 822 dona umumiy qiymati 208998450 so‘mlik oddiy aksiyalar belgilangan muddat ichida joylashtirilmaganligi sababli ushbu chiqariluv amalga oshmagan deb topiladi.

Chiqarilgan aksiyalarning biron bir donasi ham joylashtirilmaganligi (sotilmaganligi) sababli “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati tomonidan investorlar bilan hisob-kitob ishlari amalga oshirilmaydi.