JUMA ELEVATORI

E’LON! «RIOYA QIL YOKI TUSHUNTIR»

Kodeks tavsiyalari
1. Korporativ boshqaruv kodeksi talablariga asosan AJda samarali ichki nazorat mexanizmini joriy qilish maqsadida kuzatuv kengashi tarkibiga bittadan kam bo‘lmagan (ammo ustavda ko‘zda tutilgan kuzatuv kengashi a’zolari sonining 15 foizidan kam bo‘lmagan) mustaqil a’zo kiritish
2.Oshkor etilishi shart bo‘lgan axborotlarning jamiyat saytida ingliz va rus tilidagi tarjimasi bilan e’lon qilinishi
3.Aksiyadorlarga elektron raqamli imzo orqali ovoz berish imkoni va videokonferensaloqa rejimida umumiy yig‘ilish o‘tkazish imkoniyati
AJ saytida fundamental va texnik tahlil natijalari, mutaxassislar, ekspertlar va maslahatchilarning sharhlari va prognozlarini vebsaytda joylashtirish
Ijroiya organ raxbarligiga tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va talablar
Tushuntirish
Aksiyadorlarning 2017 yil yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aksiyadorlar tomonidan Korporativ boshqaruv kodeksi 19-bandi mezonlariga mos keladigan, Kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zo bo‘yicha taklif bildirilmaganligi sababli Kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zo kiritilmagan.
Ichki korporativ xujjatlarni to‘liq ingliz va rus tiliga tarjima qilish va oshkor etilishi ta’minlanadi.
Aksiyadorlarga elektron raqamli imzo orqali ovoz berish imkoniyatini yaratish masalasi yoki videokonferensaloqa rejimidagiimkoniyatlarni yaratish rejalashtirilmoqda.
AJda fundamental va texnik tahlil o‘tkazilmagan, AJ boshqaruv organlari majlislarida fundamental va texnik tahlil o‘tkazishning tartiblari hamda maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
Ijroiya organ raxbari Vazirlar Maxkamasi va viloyat xokimi taqdimnomasiga asosan saylangan.