JUMA ELEVATORI

«JUMA ELEVATORI» AJ aksiyadorlari diqqatiga!

«Juma elevatori» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishini 2022  yil 30 mart kuni (xaftaning chorshanba kuni) soat 14-00da Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumani,Juma shahri, Fitrat  ko’chasi, 2-uy manzili bo’yicha joylashgan “Juma elevatori ” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosi majlislar zalida o’tkazilishi   haqida ma’lum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining 2021 yil yakuni bo’yicha yillik umumiy yig’ilishi kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
Umumiy yig’ilish kun tartibi:

  1. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining sanok komissiyasi va ishchi prezidumi a’zolarini saylash;
  2. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining kun tartibi va reglamentini tasdiklash;
  3. Jamiyat kuzatuv kengashining 2021 moliyaviy yil yakunlari bo’yicha hisobotini tasdiqlash;
  4. Jamiyatning 2021 yil moliya-xo’jalik faoliyati yakunlari va Biznes rejasining bajarilishi to’g’risida jamiyat ijro organi rahbarining hisobotini tasdiqlash.
  5. O’zbekiston Respublikasi Prizenidentining 2019-yil PQ-4426-sonli qarori talablariga muvafiq 2021-yil yakuni buyicha boshqaruv raisining Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo’yicha direktorining 2021 oliyaviy yil yakunlari bo’yicha hisobotini tasdiqlash;
  6. Jamiyatning 2021 moliyaviy yil akunlari bo’yicha buxgalteriya balansi  va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisoboti hamda foyda va zararlarini tasdiqlash;
  7. Jamiyat Taftish komissiyasining 2021 moliyaviy yil  yakunlari bo’yicha tekshirish hisoboti va xulosasini tasdiqlash;
  8. Jamiyatning 2021 yil moliyaviy yil yakunlari bo’yicha Tashqi auditorlik tashkiloti «AFROSIYOB AUDIT STANDART» MCHJ ning xulosasi (MHXS, MHMS)hamda 2021 yil uchun SMK, SYK va ularning bajarilishi foizlarining hisoblangan miqdorini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat tashqi auditorining xulosasini eshitish va tasdiqlash;
  9. 2021 yil yakuni bo’yicha jamiyat foydasini taqsimlanishi, ustav fondidagi aktsiyalarga hisoblanadigan dividend miqdorini belgilanishi va divident to’lash muddatini tasdiqlash;
  10. Jamiyat 2022 yil faoliyati uchun Kuzatuv kengashi a’zolarini qayta saylash va ularni moddiy rag’batlantirish.
  11. Jamiyatning 2022 yil faoliyati uchun Taftish komissiyasi a’zolarini qayta saylash va ularni moddiy rag’batlantirish.
  12. Jamiyatning 2022 yil uchun ijroiya organi raxbari va a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatini uzaytirish va ularni moddiy rag’batlantirish.
  13. Jamiyatda 2022 yil yakuni bo’yicha auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditor xizmatini ko’rsatuvchi  tashkilotlar taklifini ko’rib chiqish hamda ularga to’lanadigan xizmat haqi miqdorini belgilash;
  14. Depozitariy “Samarqand vaqt” MCHJ tomonidan 2021 yilda korporativ boshqaruv tizimini baholash xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  15. Korxonada xaridlar jarayoninig shaffofligi asosliligi shu jumladan,maxalliy maxsulotlarning sifat va narx buyicha belgilangan parametrlarga muvofiqliligini xisobga olgan xolda import xaridlarini shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to’g’risida tashqi audit xulosasini tasdiqlash.

* Jamiyat aktsiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlarning ro’yxatini tuzish hamda  umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida xabarnoma olish huquqiga ega bo’lgan aktsiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2022 yil 2-mart kuni va umumiy yig’ilishga qatnashish huquqiga ega bo’lgan aktsiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2022 yil 24-mart kuni belgilansin.

* Aksiyadorlarni ro’yxatga olish 2022 yil 30-mart kuni soat 13 -00dan 14 -00ga qadar davom
etadi.
* Yig’ilishga aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va ularning vakillari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnomalar bilan kelishlari so’raladi.
Murojaat uchun telefon: 0 (366) 465-15-27
Jamiyatning elektron pochta manzili: jumadon@mail.ru
Hurmatli aksiyadorlar, jamiyat aksiyadorlari umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risidagi axborot va boshqa ma’lumotlarni jamiyat aksiyadorlariga sifatli va tezkor ravishda yetkazilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq elektron pochta orqali amalga oshirilishini inobatga olib, Sizdan elektron pochta manzilingizni (Email.) taqdim etishingiz lozimligini ma’lum qilamiz.
Jamiyat kuzatuv kengashi