E’LON!
«Juma elevatori» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining diqqatiga!
«Juma elevatori» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi 2023 yil 11 sentyabrь kuni (dushanba kuni) soat 15-00 da Juma shaxri, Fitrat koʼchasi, 2-uy manzilida joylashgan jamiyat majlislar zalida oʼtkazilishi haqida maʼlum qiladi.
Yigʼilish kun tartibi:
- Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.
- Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini saylash.
- Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosi tarkibiga oʼzgartirish kiritish.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlarning roʼyxatini tuzish hamda yigʼilish oʼtkazilishi haqida xabarnoma olish huquqiga ega boʼlgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2023 yil 21 avgust va umumiy yigʼilishga qatnashish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi 2023 yil 5 sentyabrь kuni belgilandi.
Аksiyadorlarining navbatdan tashqari yigʼilishida koʼrib chiqiladigan masalalar boʼyicha maʼlumot va materiallar bilan «Juma elevatori» AJ da ushbu xabar eʼlon qilingan kundan boshlab yigʼilish oʼtkaziladigan kunga qadar soat 13-00 dan 15-00 gacha tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefonlar: (66)465-15-27,
Jamiyatning rasmiy veb-sayti: www.jumaelevatori.uz
Elektron pochta manzili: jumadon@umail.uz
Hurmatli aksiyadorlar, jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi toʼgʼrisidagi axborot va boshqa maʼlumotlarni jamiyat aksiyadorlariga sifatli va tezkor ravishda yetkazilishini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi “Аksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq elektron pochta orqali amalga oshirilishini inobatga olib, Sizdan elektron pochta manzilingizni (Email.) taqdim etishingiz lozimligini maʼlum qilamiz.
Jamiyat kuzatuv kengashi