JUMA ELEVATORI

AKSIYADORLARNING NAVBATDAGI UMUMIY YIG’ILISHINI O’TKAZISH

                                                   «Juma elevatori» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga

« Juma elevatori » aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishini 2024  yil 15 mart kuni (xaftaning juma kuni) soat 14-00da Samarqand viloyati,Pastdarg’om tumani,Juma shahri, Fitrat  ko’chasi, 2-uy manzili bo’yicha joylashgan “Juma elevatori ” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosi majlislar zalida o’tkazilishi   haqida ma’lum qiladi.

     Jamiyat aksiyadorlarining 2023 yil yakuni bo’yicha yillik umumiy yig’ilishi kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

Umumiy yig’ilish kun tartibi:

1.Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining sanoq komissiyasi va ishchi prezidumi a’zolarini saylash;

2.Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining kun tartibi va reglamentini tasdiqlash;

3.Jamiyat Kuzatuv kengashining 2023 yildagi ishlari bo’yicha hisoboti.

4.Jamiyatning 2023 yil yakunlari bo’yicha yillik hisoboti. Unda, 2023 yilning asosiy natijalari hamda 2024 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to’g’risida boshqaruv raisining hisoboti eshitiladi.

5.2023 yil uchun Jamiyatning xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotni hamda xalqaro audit standartlariga muvofik; 2023 yil uchun o’tkazilgan audit tekshirish natijalarini ko’rib chiqish.

6.Jamiyatning 2023 yil yakunlari bo’yicha moliya-xujalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan Taftish komissiyasining xulosasini ko’rib chiqish.

7.O’zbekistan Respublikasi Prizedentining 2019 yil 24 avgustdagi PK,-4426-sonli qarori talablariga muvofiq jamiyat boshqaruv raisining ishlab chiqarish, maxalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosarining 2023 yil yakunlari bo’yicha hisoboti.

8.Jamiyatda 2023 yil yakunlari bo’yicha korporativ boshqaruv tizimini baxolash natijalari bo’yicha mustakil baxolovchi tashkilot hulosasini kurib chiqish.

9.Jamiyatning 2023 yil yakunlari bo’yicha sof foydasini taqsimlash.

10.Jamiyat Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a`zolarini saylash.

11.Jamiyat boshqaruv a’zolari bilan to’zilgan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish.

12.Jamiyatning 2024 yilgi faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash.

13.Korxonada xaridlar jarayoninig shaffofligi asosliligi shu jumladan,maxalliy maxsulotlarning sifat va narx buyicha belgilangan parametrlarga muvofiqliligini xisobga olgan xolda import xaridlarini shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to’g’risida tashqi audit xulosasini tasdiqlash.

* Aksiyadorlarni ro’yxatga olish 2024 yil 15-mart kuni soat 13 -00dan 14 -00ga qadar davom etadi.

* Yig’ilishga aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va ularning vakillari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnomalar bilan kelishlari so’raladi.

Murojaat uchun telefon: 0 (366) 465-15-27                   

Jamiyatning elektron pochta manzili: jumadon@mail.ru

Hurmatli aksiyadorlar, jamiyat aktsiyadorlari umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risidagi axborot va boshqa ma’lumotlarni jamiyat aksiyadorlariga sifatli va tezkor ravishda yetkazilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq elektron pochta orqali amalga oshirilishini inobatga olib, Sizdan elektron pochta manzilingizni (Email.) taqdim etishingiz lozimligini ma’lum qilamiz.

                                                                                                                                                                                            Jamiyat kuzatuv kengashi