JUMA ELEVATORI

Umumxalq hashar!

Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odat va udumlarimiz, ularning zamirida mujassam bo’lgan hamjihatlik, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar katta o’rin tutadi.

Ayniqsa, hashar ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan, desam xato bo’lmaydi. Qolaversa, hashar necha asrlar davomida kishilar o’rtasidagi bir-biriga o’zaro yordam, insonparvarlik, olijanoblik, saxovatpeshalik kabi ezgu tuyg’ularni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qilib kelmoqda.

Shu bilan birga hashar mahallalarda o’zaro hurmat, daxldorlik, mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlovchi milliy qadriyatlarimizdan biridir. Navro’z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish asnosida xalqimiz orasida o’zaro mehr-oqibat, beg’araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, barcha hududlarga obodlik, ozodalik shukuhini bag’ishlashda hashar tadbirlari barchamizga o’zgacha ruh beradi.

Aslida hasharni har bir inson, eng avvalo, o’zi yashab turgan xonadoni, hovlisini saranjom-sarishta qilishdan boshlaydi. So’ngra mahalla, ovullar, qishloq va shaharlar, ko’chalar, bir so’z bilan aytganda, butun mamlakat bo’ylab yoyilib, milliy umumharakatga aylanadi.

uza.uz